Kontent qismiga oʻtish

Jamoat xavfsizligi universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
О'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Turi harbiy
Asos solingan sanasi 15-oktyabr 1990-yil
Rektori Mirzayusuf Rustamboyev
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 1 yil
Manzili ,
Toshkent
,
Oʻzbekiston
Veb-sayti mghti.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi Jamoat xavfsizligi universiteti (1990—2017-yillarda Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti, 20172021-yillarda Milliy gvardiya harbiy-texnika instituti) – professional harbiy-texnik xizmatchilar tayyorlovchi harbiy bilim yurti[2].

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti (TOHTBYU) sobiq Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashining 1990-yil 15-oktyabrdagi 1730-sonli koʻrsatmasiga binoan Ichki ishlar vazirligi Oliy kurslari (shartli belgisi 5375-harbiy qism) bazasida tashkil etilib, SSRI IIV Ichki qoʻshinlari Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti deb nomlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 1992-yil 10-yanvardagi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasiga olinib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kirgan. Bilim yurti 1991-yili birinchi navbat kursantlarni qabul qilib, 1995-yili dastlabki bitiruvchilarni tayyorlab chiqargan.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yildagi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga olindi.

2021-yilda Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta nomlandi[3].

  • Bilim yurtining faoliyati Ustav asosida amalga oshiriladi.
  • Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari uchun yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugʻullanadigan, mamlakat xavfsizligi vazifalarini samarali bajarishga qodir boʻlgan oliy harbiy taʼlim muassasasidir.
  • Qurolli Kuchlarining qoʻllanish rejalarida oʻquv harbiy qoʻshilmasi va operativ vaziyat keskinlashganda Toshkent mudofaa makonini himoya qilish rejasi doirasida jamoat tartibi va xavfsizligini kuchaytirish, boshqa operativ xizmat vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan zahirasi hisoblanadi.
  • Bilim yurtining garnizon xizmatidagi ayrim vazifalari Oʻzbekiston Mudofaa vazirining buyruqlari bilan belgilanadi.
  • Bilim yurti oʻzining jangovar bayrogʻiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurtining tashkiliy-shtat tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23 iyuldagi 356-57 sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida kadrlar tayyorlashning samaradorligini oshirishning choralari toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Bilim yurti tashkiliy jihatdan boshqarma, asosiy oʻquv boʻlinmalar, kafedralar, taʼminot boʻlinmalaridan iborat. Uning tarkibiga shtab, kursant batalyonlari, malaka oshirish fakul`teti, oʻquv jarayonini taʼminlash batal`oni, 16 kafedra, 10 dan ortiq boʻlim va xizmatlar kiradi.

Ichki ishlar idoralari, shuningdek reja-buyurtmalar asosida boshqa harbiy mahkamalar va huquqni muhofaza etuvchi idoralar uchun kadrlar tayyorlaydi. Bilim yurtini bitiruvchilariga leytenant harbiy unvoni, oliy maʼlumotli mutaxassis diplomi va B,C toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi. Bilim yurtida oʻqish muddati xizmat (mehnat) stajiga kiradi. Oʻqish davrida kursantlar oʻrnatilgan normalar boʻyicha bepul yotoqxona, ovqatlanish, kiyim-kechak, stipendiya va boshqa taʼminotlar bilan taʼminlanadilar. Oʻqish davrida kursantlar bilim yurti hududida joylashgan maxsus binolarda yashaydilar.

Bilim yurtida xozirgi vaqtda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha harbiy kadrlar tayyorlanmoqda:

– Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi (oʻqish muddati – 4 yil);

– Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlari taktik-tarbiyaviy qoʻmondonligi (oʻqish muddati – 4 yil);

– jazoni oʻtash rejimini tashkil etish (yurisprudensiya) (oʻqish muddati – 4 yil);

– Ichki ishlar vazirligi korxonalarida texnik nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etish muhandisligi (oʻqish muddati- 5 yil);

– Aniqlovchi va qoʻriqlovchi elektron tizimlardan foydalanish texnik-muhandisligi (oʻqish muddati – 5 yil).

  1. „Jamoat xavfsizligi universiteti“.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi harbiy-texnika instituti, 2017-09-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-09-14
  3. „JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA PROFESSIONAL KADRLARNI TAYYORLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“.